YURiA-PHARM O‘zbekistondagi ishtirokini mustahkamlamoqda: kompaniya bozorda 2-o‘rinda, Reosorbilakt va Tivortin esa brendlar reytingida yetakchi
So‘nggi o‘n yil davomida YURiA-PHARM O‘zbekistonda barqaror bozor mavqeini shakllantirdi: kompaniya mamlakatning eng yirik farmatsevtika kompaniyalari qatoridan joy oldi, uning ikki mahsuloti esa milliy brendlar reytingida dastlabki o‘rinlarni egalladi. Kompaniya rivojlanishining navbatdagi bosqichi O‘zbekistondagi mahalliy ishlab chiqarish ishtirokini yanada kengaytirish bilan bog‘liq.
Proxima Research ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil avgustidan 2026-yil iyuligacha bo‘lgan davr (MAT) yakunlari bo‘yicha YURiA-PHARM O‘zbekiston farmatsevtika bozoridagi kompaniyalar reytingida 2-o‘rinni egalladi. Ushbu davrda kompaniyaning savdo hajmi 65,4 mln AQSh dollarini, bozor ulushi esa 3,0 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston milliy farmatsevtika brendlari reytingidagi dastlabki ikki o‘rinni YURiA-PHARM mahsulotlari — Reosorbilakt va Tivortin egalladi. Har ikki preparat infuzion terapiya yo‘nalishiga mansub bo‘lib, kompaniya ushbu sohada o‘nlab yillar davomida o‘z ekspertizasini shakllantirib kelmoqda.
Bugungi kunda ushbu mahsulotlar O‘zbekiston tibbiyot amaliyotida, jumladan, og‘ir va kritik holatdagi bemorlarga statsionar yordam ko‘rsatishda, shuningdek, infuzion terapiya talab etiladigan holatlarda keng qo‘llaniladi.
Reosorbilakt va Tivortinning yetakchiligi nafaqat yuqori tijoriy natijadir. Bu kompaniya mahsulotlarining kundalik tibbiyot amaliyotidagi o‘rnini, shuningdek, YURiA-PHARM tomonidan izchil rivojlantirilib, O‘zbekistondagi shifokorlar va bemorlar uchun taqdim etilayotgan yechimlarga bo‘lgan talabni aks ettiradi.
Shu bilan birga, YURiA-PHARMning mamlakatdagi rivojlanishi endilikda faqat mahsulotlarning bozordagi ishtiroki bilan cheklanmaydi. 2023-yilda Reka-Med Farm ishlab chiqarish maydonchasi kompaniyalar guruhi tarkibiga qo‘shildi. Maydonchani modernizatsiya qilish natijasida uning maqsadli ishlab chiqarish quvvati qariyb 50 foizga oshirilib, yiliga 13,5 mln dona mahsulot ishlab chiqarish darajasiga yetkazildi. Bugungi kunda ushbu maydonchada YURiA-PHARMning qator dori vositalari, jumladan, Reosorbilakt va Tivortin ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, o‘n yil davomida shakllangan biznes ko‘lami bugun mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. YURiA-PHARM uchun bu O‘zbekistondagi faoliyatining navbatdagi bosqichi — farmatsevtika bozoridagi barqaror mavqedan mamlakat farmatsevtika sanoatiga yanada chuqur integratsiyalashuv sari muhim qadamdir.

